“MEHNAT HUQUQI”  fanidan tayyorlagan METODIK KO‘RSATMASI

“MEHNAT HUQUQI” fanidan tayyorlagan METODIK KO‘RSATMASI

ByBahromjon Muhammadiyev

Usually printed in 3 - 5 business days
Mehnat huquqi huquqshunoslik tarmoqlari orasida etakchi o`rin tutadi. U ijtimoiy mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tizimidan iborat. Bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilish, mehnatni tashkil qilish va uni qo`llash jarayonida namoyon bo`ladi. Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi: Mehnatga oid munosabatning sub`ekti - xodim korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qo`shiladi va o`z mehnati bilan korxona jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi. Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko`ra, muayyan mehnat funktsiyasini bajarish xodim majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shuki, bu ish bir qancha kishilar faoliyati bilan uyg’unlashgan, ya`ni mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi. Xodimning va mehnat jamoasi har bir a`zosining ish faoliyati muayyan rejim o`rnatilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar sub`ektlarining mehnatni tashkil etishga doir tartib-intizom, qoida - talablariga bo`ysunishi mehnatga oid munosabatlarning izchilligi va samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri. Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy harakterga ega bo`lsada, ular bevosita ishlab chiqarish doirasida namoyon bo`ladi va muayyan maqsadlarni ko`zlab amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi. Xulosa qilib aytganda, mehnat huquqining predmetini, ya`ni mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda qo`llanishi tufayli paydo bo`ladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi hisoblanadi. Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog’langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan ilgariroq, ular bilan bir vaqtda, yoxud bevosita mehnat munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga: Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni; Ishga joylashtirishga oid munosabatlarni ; Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq munosabatlarni; Mehnat muxofazasi va mehnat qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlarni; Mehnat nizolarini hal etish bilan bog’liq munosabatlarni kiritish mumkin. Yuqorida sanab o`tilgan munosabatlarning har biriga xos xususiyatlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.

Details

Publication Date
Jul 4, 2024
Language
Uzbek
ISBN
9781445273440
Category
Law
Copyright
All Rights Reserved - Standard Copyright License
Contributors
By (author): Bahromjon Muhammadiyev

Specifications

Pages
39
Binding Type
Paperback Perfect Bound
Interior Color
Black & White
Dimensions
A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)

Keywords

Ratings & Reviews