O‘ZBEK-INGLIZ URF-ODAT LEKSIKASINING QIYOSIY TAHLILI

O‘ZBEK-INGLIZ URF-ODAT LEKSIKASINING QIYOSIY TAHLILI

ByDILFUZA NOSIROVA

Usually printed in 3 - 5 business days
Yer yuzidagi jamiki millatlar, elatlarning o`z tili, tarixi, urf-odatlari hamda qadriyatlari o`ziga xos va farqlidir. Lekin umumbashariy an`ana va qadriyatlar mavjudki, ular bir qancha millatlarda bir-biriga yaqin yoki o`xshashdir. O`zbek millati kelib chiqishi va joylashgan hududi bo`yicha Ingliz millati bilan tubdan farq qilsada, umumbashariy qadriyatlar borasida oilaviy muloqot jihatidan ayrim o`xshashlik tomonlari mavjud. Ana shu nuqtai nazardan, bir qancha ma`lumotlarga to`xtalib o`tsak. Avvalo, muloqot nima, uning qanday qoidalari bor? Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning qiziqishlar va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir.Shuningdek, muloqot - hayot kechirishning eng muhim sharti va bir shakli. Insonlar o`rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari shaxsning turmush tarzi barcha jabhalarida-oilada, o`qishda, ish jarayonida -boshqalar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatining eng muhim shartlaridandir. Shaxsning aqli, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, takallufi, irodasi va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga bosh og`rig`i, uyqusizlik hamda turli asab va yurak kasalliklari, shuningdek, ichkilikka, giyohvandlikka ruju qo`yish, hatto o`z joniga qasd qilish kabilar ham aynan shu muloqotning natijasidir. Bu borada xalqimizning, “Yaxshi so`z - jon ozig`i”, “Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar” kabi maqollar insonlar o`rtasidagi muloqot vositasi bo`lmish til imkoniyatlaridan unumli va sifatli foydalanish bilan birga, albatta, ezgu fazilatlar shakllantirish maqsadini ilgari suradi. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo`lishi yoki aksincha eng fojiali bo`lishi ham mumkin.

Details

Publication Date
Sep 19, 2023
Language
Uzbek
ISBN
9781446731611
Category
Education & Language
Copyright
All Rights Reserved - Standard Copyright License
Contributors
By (author): DILFUZA NOSIROVA

Specifications

Pages
83
Binding Type
Paperback Perfect Bound
Interior Color
Black & White
Dimensions
A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)

Ratings & Reviews