AYOLLARNI ISH BILAN TA’MINLASHGA XIZMAT QILUVCHI “SMART WOMAN” O’QUV MARKAZI LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH
Usually printed in 3 - 5 business days
Ma’lumki, insonning, xalqning, jamiyatning va davlatning kuch-qudrati fuqarolarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi darajasi bilan baholanadi. Ma’rifat-ma’naviyatga olib keladigan yo‘l – bugun qilayotgan yaxshi ishlarimiz kelgusi avlod barkamolligi uchun xizmat qilishi shubhasiz. Bugun qanday ko‘chat eksak, ertaga shundan meva olamiz. Yosh avlodni el-yurtga, Vatanga sadoqatli, iymon-e’tiqodli, mard va jasur, yuqori malakali, ma’naviyati yuksak insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim o‘choqlarining alohida o‘rni bor.[18]
Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish – xalqimizning o‘ziga xos eng go‘zal fazilatlardan biri. Ayolni ulug‘lash – oilani, Vatanni, hayotni ulug‘lash deb tushunadi elimiz. Ayniqsa, mustaqillikka erishilgach, O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqsa. BMT xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish qo‘mitasining Nyu-York bo‘lib o‘tgan 81-sessiyasida bu alohida ta’kidlandi [27].
1999 yil mamlakatimizda "Ayollar yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin-qizlarning mavqeini yanada oshirish, ularning turmush sharoitlarni yaxshilash, samarali mehnat kilishlari uchun ko‘shimcha imtiyozlar yaratish uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlar sa’y harakatini birlashtirdi. [33]
Bugungi kungacha respublika bo‘ylab xotin-kizlar uchun turli markazlar tashkil etilgan va ular o‘z funksiyalari asosida faoliyat olib bormoqdalar. Ammo, zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida qurilgan xotin-qizlarning markazlashgan madaniy-ma’rifiy binosi hali yaratilmagan. O‘zbekiston hukumati xotin-qizlar madaniy-ma’rifiy saviyasini oshirishga, davlatni boshqarishda ularning faolligini kuchaytirishga qaratilgan qaror va qonunlar qabul qildi, jumladan 1995 yil 2 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1084 sonli Farmoni, 2004 yilning 25 mayida “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3434 sonli Farmonlari e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasida 46-moddada “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” deb belgilab qo‘yilgan.
Details
- Publication Date
- Jul 19, 2024
- Language
- Uzbek
- ISBN
- 9781445254999
- Category
- Education & Language
- Copyright
- All Rights Reserved - Standard Copyright License
- Contributors
- By (author): HURSHIDA TOSHBOYEVA
Specifications
- Pages
- 85
- Binding Type
- Paperback Perfect Bound
- Interior Color
- Black & White
- Dimensions
- A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)