Agar siz farzandingizning tasavvurini, ijodkorligini, imkoniyatlarini, qobiliyatini rivojlantirish uchun vaqt kerak deb hisoblasangiz, sizga ushbu o’quv qo’llanma kerak bo’ladi. Unda siz 9-10 yoshli bolalaring fazoviy tasavvurini
rivojlantirishga mo’ljallangan ma’lumotlarni topasiz. Shuningdek, fazoviy tasavvurga qo'shimcha ravishda o'quv qo’llanmadagi bilimlarni egallagan bolalar matnni tushunish, o’quv savodxonligini oshirish bilan bir qatorda ixtiyoriy e'tibor, xotiraning kuchayishi, mantiqiy fikrlash qobiliyati, milliy dunyoqarashining rivojlanishiga yordam beradi. Boshlang’ich sinf yoshidagi bolaning hayot tajribasi hali juda kichik bo’ladi. Uning tajribasidagi yetishmovchiliklarni to’ldirish orqali, ushbu o'quy qo'llanma bolaga noma'lum bo'lgan tasavvurlarni anglashi yoki yangiliklarni yaratish qobiliyatiga ko'maklashadi.
Bolalarga berilgan topshiriqlarni o’qing va sahifalardagi rasmlarga e’tibor berishini tavsiya qiling. Farzandingizga nima qilish kerakligini tushuntiring. Agar u topshiriqni bajara olmasa, unga yordam bering. Farzandingizning hamma narsani tushunib, mustaqil ravishda vazifalarnni bajarishi mumkinligiga ishonch hosil qilmaguningizcha keyingi ishni davom ettirmang. Farzandingizga tanbeh bermang, unga ishonishingizni ta'kidlab, doim rag'batlantirib turing. Bu uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir qiladi.
Details
- Publication Date
- Oct 23, 2023
- Language
- Uzbek
- ISBN
- 9781446691632
- Category
- Children's
- Copyright
- All Rights Reserved - Standard Copyright License
- Contributors
- By (author): KAMOLA DJUMABAYEVA
Specifications
- Pages
- 40
- Binding Type
- Paperback Perfect Bound
- Interior Color
- Color
- Dimensions
- A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)