6-7-10-SINF ADABIYOT YANGI DARSLIKLARIDA KELTIRILGAN LUG‘ATLAR
Usually printed in 3 - 5 business days
Ushbu qo‘llanma umumta’lim maktab adabiyot yangi darsliklarida berilgan asarlar, she’rlar, g‘azallar, ruboiylar, hikoyalar, romanlar, qissalar tarkibida uchraydigan notanish so‘zlar, ya’ni lug‘atlarni tushunishga, yodda saqlab qolishga ko‘maklashadi. Qo‘llanmada darliklarga kiritilga lug‘atlar mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashtirilgan. Undan maktab o‘quvchilari, OTM lariga hujjat topshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar o‘zlarining lug‘at boyliklarini oshirishda yoki darslik bilan birga olib yuriladigan lug‘at daftarcha sifatida foydalanishlari mumkin.
Adabiyotning bosh vazifalaridan biri bu – insonni ma’naviy kamolotga yetaklashdir. Adabiyot fani bu borada alohida ahamiyatga molik. Hozirgi kunda yangi adabiyot darsliklarida berilgan lug‘atlar asarni tushunish, anglab yetish uchun ma’lum vazifalarni o‘tamoqda. Mumtoz asarlar yoki tarixiy asarlarni lug‘atlarsiz tushunish mushkul. Shuning uchun ham yangi darsliklarda lug‘atlar keltirib o‘tilgan. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini o‘rganishda maxsus lug‘atlarga murojaat qilamiz. E.Fozilov, Q.Muhiddinov, YU.Shokirov, N.Xo‘jaev, J.Lapasov, I.Nosirov, Z.Hamidov, B.Bafoyev va boshqalar ishtirokida tuzilgan to‘rt jildli “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” Navoiy asarlarini anglab yetish uchun katta ahamiyatga ega. Lug‘at nafaqat tilshunos olimlarning, balki qadim Sharq tarixi, ilmlari, madaniy merosi, bilimdonlarning o‘tkir fahm-u zakovati samarasi sifatida yuzaga kelgan. Shu sababdan lug‘atning bugungi kundagi amaliy ahamiyati bir pog‘ona yuksak.
Details
- Publication Date
- Jun 11, 2024
- Language
- Uzbek
- ISBN
- 9781445704944
- Category
- Education & Language
- Copyright
- All Rights Reserved - Standard Copyright License
- Contributors
- By (author): MAHZUNA SAIDOVA
Specifications
- Pages
- 74
- Binding Type
- Paperback Perfect Bound
- Interior Color
- Black & White
- Dimensions
- A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)