"Русский за 30 дней" nomli qo‘llanma rus tilini tez va samarali o‘rganishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Kitob 30 kunlik mustaqil o‘rganish kursi bo‘lib, rus tilini endi o‘rganishni boshlayotganlar uchun ayni muddao.
Qo‘llanmada har bir kun uchun 10 ta ot, 10 ta sifat, 10 ta fe’l, doimiy so‘z birikmalari hamda ularni qo‘llashga oid gaplar namunasi keltirilgan. Har bir so‘z va gapning o‘zbek tilidagi tarjimasi berilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarga so‘z boyligini kengaytirish, to‘g‘ri gap tuzishni o‘rganish va amaliy mashqlar orqali bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi.
Kitob kundalik o‘qish va mashq qilish uchun qulay tuzilgan bo‘lib, unda rus tilida eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar va iboralar jamlangan. Shu bois, qo‘llanma kundalik muloqot, o‘qish, sayohat va ish faoliyatida juda foydali bo‘ladi.
Mazkur qo‘llanma maktab o‘quvchilari, talabalar hamda rus tilini mustaqil o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir kitobxon uchun mo‘ljallangan.
Details
- Publication Date
- Jun 30, 2025
- Language
- Russian
- ISBN
- 9781326334413
- Category
- Education & Language
- Copyright
- All Rights Reserved - Standard Copyright License
- Contributors
- By (author): Mohinur Mamatova
Specifications
- Pages
- 32
- Binding Type
- Paperback Perfect Bound
- Interior Color
- Color
- Dimensions
- A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)