KIRISH
“Adabiyot — fikr ommasi, qalb hislari bilan doimo sayqallanadigan, to’xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir soha…” deb bejizga aytib o‘tmagan edi Oybek. Haqiqatan, qalbimiz nurlanishi uchun biz ko‘proq badiiy adabiyotlar o‘qib, kitib ila oshno bo‘lmog‘imizButun jahonda universitetlarga kirish imtihonlarida TEST sinovlari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda ham abituriyentlarning ko‘pchiligi Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Test imtihon topshiruvchining biror ma’lumotni yoki biror mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligini tekshiruvchi vosita. Mavzuni o‘qib bo‘lib, test yechish orqali uni mustahkamlash esa eslab qolishning eng samarali va sinalgan usullaridan biridir.
Imtihon oldida turgan abituriyentlarga ham, fanni a’lo darajada o‘zlashtiraman degan o‘quvchilarga ham ko‘proq test bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. Test bilan ko‘proq shug‘ullangan abituriyent xuddi jang maydoniga jangovar qurol bilan otlangan jangchiga o‘xshaydi. Ularning farqli jihati shundan iboratki, jangchilarning qurolini tortib olish mumkin, lekin abituriyent o‘zlashtirgan bilimni hech kim tortib ololmaydi.
Mazkur test topshiriqlari 7-sinf Adabiyot darsligi (Z.Mirzayeva, K.Jalilov. Yangi nashr, Toshkent-2022) da mavjud bo‘lgan mavzular ketma-ketligi asosida,shu bilan birga, QR-kodlar orqali berilgan asarlar yuzasidan ham tuzib chiqilgan. Ushbu test topshiriqlari maktab o‘quvchilari va abituriyentlarga 7-sinf Adabiyot fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘z bilimlarini mustahkamlash, intellektual salohiyatini oshirishini va badiiy asarlarga bo‘lgan muhabbatning uyg‘onishiga yordam beradi, negaki o‘quvchi bu testlarni bajarish jarayonida darslikdagi har bir yozuvchi va uning ijodini o‘qib chiqadi.
Details
- Publication Date
- Jun 11, 2024
- Language
- Uzbek
- ISBN
- 9781445705040
- Category
- Education & Language
- Copyright
- All Rights Reserved - Standard Copyright License
- Contributors
- By (author): NILUFAR NORSAFAROVA
Specifications
- Pages
- 74
- Binding Type
- Paperback Perfect Bound
- Interior Color
- Black & White
- Dimensions
- A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)