Maqsad manzili

Maqsad manzili

Antalogiya

ByRashidova ShaxrizodaRashidova Shaxrizoda

Usually printed in 3 - 5 business days
Insoniyat azaldan o‘z maqsadlariga erishish uchun harakat qiladi. Har bir insonning hayoti yo‘lida o‘ziga xos orzular, intilishlar va yuksak maqsadlar bor. Bu maqsadlar bizni rivojlantiradi, o‘zimizni tanib olishimizga, qadrimizni anglashimizga yordam beradi. Ammo bu yo‘lda ko‘p marta sinov va muammolarga duch kelamiz. Aynan mana shu sinovlardan o‘tish uchun qat’iyat, bilim va donolik talab qilinadi. Qo‘lingizdagi ushbu kitob – “Maqsad manzili” – nafaqat maqsad sari yo‘lni aniqlash, balki ushbu yo‘lda duch keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Unda muvaffaqiyat sari intilishning nazariy asoslari bilan birga, real hayotiy tajribalar va foydali maslahatlar ham o‘rin olgan. Bu kitob o‘quvchilarni maqsad qo‘yish, reja tuzish, harakat qilish va o‘zining cheksiz imkoniyatlarini kashf etishga undaydi. Hayotda biror narsa erishish uchun faqatgina orzu qilish yetarli emas, balki amaliy qadamlar qo‘yish ham zarur. Kitobni o‘qir ekaningiz, undagi har bir fikrni o‘zingizning hayotiy yo‘lingiz bilan bog‘lashga harakat qiling. Chunki har bir insonning o‘z manzili, o‘z yo‘li bor. Ushbu kitob sizning manzilingizni topishingiz va uni bosib o‘tishingizda yordamchi bo‘ladi, degan umiddamiz.

Details

Publication Date
Jan 19, 2025
Language
Uzbek
ISBN
9781326717919
Category
Children's
Copyright
All Rights Reserved - Standard Copyright License
Contributors
By (author): Rashidova Shaxrizoda, Foreword by: Rashidova Shaxrizoda, Photographs by: Canvadan foydalanildi

Specifications

Pages
33
Binding Type
Paperback Perfect Bound
Interior Color
Color
Dimensions
A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)

Ratings & Reviews