MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH

MONOGRAFIYA

ByRAYHONA ABDUSALOMOVA

Usually printed in 3 - 5 business days
Maktabgacha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. O`zbekiston Respublikasini rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta‟minlash, yosh avlodning komil inson bo`lib kamol topishiga bevosita bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo`lib o`tgan yig`ilishda maktabgacha ta’limtizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to`la qamrab olish bo`yicha muhim vazifalar qo`yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjatO`zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3261-sonli qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi –faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3305-sonli qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, uning hududiy bo’linmalarining asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari qatorida ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish berish belgilandi. Shuning uchun ham o‘zbek milliy-ma’naviy merosi jahon madaniyatining ajralmas uzviy qismidir. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib qoldirgan pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir.

Details

Publication Date
Jun 28, 2024
Language
Uzbek
ISBN
9781445281698
Category
Education & Language
Copyright
All Rights Reserved - Standard Copyright License
Contributors
By (author): RAYHONA ABDUSALOMOVA

Specifications

Pages
65
Binding Type
Paperback Perfect Bound
Interior Color
Black & White
Dimensions
A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)

Ratings & Reviews