INGLIZ TILI VA MADANIY IDENTIFIKATSIYA: INGLIZ TILI VA MADANIYATINING GLOBAL DUNYODA IDENTIFIKATSIYA VA INTEGRATSIYASI
Usually printed in 3 - 5 business days
Globalizatsiya jarayoni bugungi kunda har bir davlat, millat va madaniyat uchun muhim omillardan biriga aylangan. Xalqaro hamkorlikning kengayishi, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi natijasida madaniy o'zaro ta'sirning darajasi ham sezilarli darajada oshdi. Shu munosabat bilan, ingliz tili dunyo miqyosidagi asosiy aloqa vositasi sifatida muhim rol o'ynamoqda.
Ingliz tili faqatgina aloqa vositasi bo'lib qolmay, balki turli madaniyatlar orasida muhim bog'lovchi bo'g'in sifatida ham namoyon bo'lmoqda. Ingliz tili yordamida turli madaniy kodlar va identifikatsiyalarni birlashtirish, ularni global kontekstdagi o'ziga xos jihatlarini saqlab qolish mumkin. Shu sababli, ingliz tili va madaniy identifikatsiya o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganish bugungi kunning dolzarb ilmiy masalalaridan biridir.
Mazkur monografiyada ingliz tilining dunyo bo'ylab tarqalishi va turli madaniyatlar bilan o'zaro integratsiyasi jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu jarayonlarning jamiyatlarda milliy identifikatsiya va madaniy o'ziga xoslikka ta'siri o'rganiladi. Ingliz tilining global miqyosdagi roli va uning turli madaniy kontekstlardagi qo'llanishi, shuningdek, milliy madaniyatlarning global miqyosda saqlanishi va rivojlanishi uchun qanday imkoniyatlar yaratilishi masalalari ham monografiyada chuqur tahlil qilinadi.
Details
- Publication Date
- Aug 12, 2024
- Language
- Uzbek
- ISBN
- 9781445218021
- Category
- Education & Language
- Copyright
- All Rights Reserved - Standard Copyright License
- Contributors
- By (author): SEVARA MAMASOATOVA
Specifications
- Pages
- 94
- Binding Type
- Paperback Perfect Bound
- Interior Color
- Black & White
- Dimensions
- A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)