GENOMIKA VA PROTEOMIKA

GENOMIKA VA PROTEOMIKA

ParMuminov Ilyosbek

Habituellement imprimé en 3-5 jours ouvrés
So‘nggi o‘n yilliklar mobaynida biologiya va tibbiyot sohasida yuz bergan ilmiy-texnik taraqqiyotlar natijasida organizmlarning genetik va molekulyar tuzilishini chuqur o‘rganishga asoslangan yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ular orasida genomika va proteomika fanlari zamonaviy molekulyar biologiyaning markaziy tarmoqlaridan biriga aylandi. Genomika organizmning to‘liq DNK ketma-ketligini, genlarning tuzilishi va funksiyalarini, ularning o‘zaro ta’sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, proteomika esa bu genlar tomonidan kodlanadigan oqsillarning tuzilishi, miqdori, funksiyasi va biologik jarayonlardagi rolini o‘rganadi. Har ikki yo‘nalish bir-birini to‘ldirib, murakkab biologik tizimlarni to‘liq anglash imkonini beradi. Genomika va proteomika fanlari 1990-yillarda “Inson Genomi Loyihasi” (Human Genome Project) bilan boshlanib, butun dunyoda keng ilmiy qiziqish uyg‘otdi. 2003-yilda inson genomining to‘liq ketma-ketligi aniqlangach, biologiyada yangi davr boshlandi. Bu loyiha nafaqat inson genetikasi, balki boshqa organizmlarning genetik tuzilishini o‘rganishga ham turtki berdi. Shu bilan birga, genetik informatsiyaning funksional ifodasi — ya’ni oqsillarning hosil bo‘lishi, ularning strukturasi va o‘zgarishi proteomika fani doirasida o‘rganila boshlandi. Shunday qilib, genomik ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq qilish uchun proteomik tadqiqotlar ajralmas qismga aylandi.

Détails

Date de publication
Aug 15, 2025
Langue
Uzbek
ISBN
9781326213534
Catégorie
Médecine & sciences
Copyright
Tous droits réservés - Licence de copyright standard
Contributeurs
Par (auteur): Muminov Ilyosbek

Caractéristiques

Pages
53
Type de reliure
Livre à couverture souple Livre à couverture souple
Couleur de l’intérieur
Noir & Blanc
Dimensions
A4 (8,27 x 11,69 po / 210 x 297 mm)

Notes & Avis