Ushbu asarda muallif til o‘rganish jarayonini jonli, qiziqarli va bosqichma-bosqich rivojlanadigan 14 ta dars orqali ifodalagan. Qo‘llanmadagi barcha darslar Anna ismli badiiy qahramon tili orqali berilgan bo‘lib, bu usul o‘rganuvchida tilga nisbatan bevosita emosional va mazmuniy bog‘liqlik uyg‘otadi. Darslar soddadan murakkabga qarab tuzilgan bo‘lib, har bir bosqichda yozish, o‘qish, gapirish va lug‘at boyligini oshirishga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlar tizimli tarzda ishlab chiqilgan.
Qo‘llanmada tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, darslarga integratsiyalashgan holda audio va video materiallardan foydalanish o‘rganuvchining eshitish faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, uni zerikishdan saqlaydi hamda har bir darsga tayyorgarlik bilan kelishga undaydi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchining til o‘zlashtirish jarayonidagi motivatsiyasini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Details
- Publication Date
- Jul 24, 2025
- Language
- English
- ISBN
- 9781326263607
- Category
- Children's
- Copyright
- All Rights Reserved - Standard Copyright License
- Contributors
- By (author): Dildora Tohirova
Specifications
- Pages
- 141
- Binding Type
- Paperback Perfect Bound
- Interior Color
- Black & White
- Dimensions
- A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)