SIRDARYOM
Choʻllari boʻstonga aylangan diyor,
Eng goʻzal yurt deya saylangan diyor.
Dovrugʻi koʻklarga boʻylangan diyor,
Koʻnglimdagi gulim, sirim Sirdaryom.
Irmoqlari daryolarga quyilgan,
Har mavjlari marvaridga oʻyilgan.
Suluvlari botirlarga sevilgan,
Koʻnglimdagi uyim, joyim Sirdaryom.
Mirishkori akademik boʻlolgan,
Dehqonlari koʻkrak kerib yurolgan.
Qarich yerdan rizq-nasiba terolgan,
Ahdimdagi soʻzim, sozim Sirdaryom.
Details
- Publication Date
- Apr 14, 2024
- Language
- Uzbek
- ISBN
- 9781445779881
- Category
- Children's
- Copyright
- All Rights Reserved - Standard Copyright License
- Contributors
- By (author): Malika Sulton
Specifications
- Pages
- 46
- Binding Type
- Paperback Perfect Bound
- Interior Color
- Black & White
- Dimensions
- A4 (8.27 x 11.69 in / 210 x 297 mm)